Talabalar oqimi Toshkent metrosida yangi rekord qayd etilishiga sabab bo'ldi

14-sentabr kuni Toshkent metropolitenidan bir sutkada 1 165 550 nafar yo'lovchi foydalandi — bu metro tarixidagi eng yuqori kunlik ko'rsatkich.
14-sentabr kuni Toshkent metropoliteni xizmatidan bir sutkada 1 165 550 nafar yo'lovchi foydalandi. Bu metro tarixidagi eng yuqori kunlik ko'rsatkich bo'ldi.
Yo'lovchilar sonining keskin oshishi OTMlarda yuqori bosqich talabalari uchun yangi o'quv yili boshlanishi bilan bir vaqtga to'g'ri keldi.
Eng gavjum bekatlar
Eng katta yo'lovchi oqimi quyidagi bekatlarda kuzatildi: Chinor, Sergeli, Choshtepa, Olmazor, Chilonzor, Buyuk Ipak yo'li, Do'stlik va Beruniy.
Shu kuni avtobuslardan ham 1 500 667 nafar yo'lovchi foydalangan. Poytaxt yo'llarida esa bir sutkada 1 466 093 ta transport vositasi harakatlangan.
Shunday qilib, yangi o'quv yilining to'liq boshlanishi Toshkent jamoat transportidagi yo'lovchilar oqimiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.